XALQ QABULXONALARI – XALQ XIZMATIDA
2023 yilning 4 oyi davomida Prezident virtual qabulxonasi va tuman Xalq qabulxonasiga mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Ta'kidlanishicha, bu bir oyda o'rtacha 258 dan, kuniga o'rtacha 8 dan ziyod murojaat degani. Tahlillarga ko'ra, murojaatlarning 61 foizi yoki 637 tasi ijobiy hal etilgan.
Tahlillarga ko'ra, yanvar-aprel oylarida eng ko'p murojaatlar Shodlik va Do'stlik mahallalari hissasiga to'g'ri keldi – 83 tadan.
Bu tizimda murojaatlarni vazirlik va idoralar kesimida ham tahlil qilish va shundan kelib chiqqan holda islohotlarni ushbu vazirlik va idoralarga tomon yo'naltirish imkoniyati ham mavjud. Masalan, o'tgan davrda eng ko'p murojaatlar Bandlik vazirligiga oid bo'lgan. 130 dan ziyod fuqaro shu yo'nalishda murojaat qilgan. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taalluqli 130 ga yaqin, Sog'liqni saqlash vazirligiga tegishli 100 dan ziyod murojaat kelib tushganligi fikrlarimizning ro'y-rost tasdig'i hisoblanadi. Bundan tashqari, xuddi shu davrda Majburiy ijro byurosi, Bosh prokuratura, Oliy sud hamda Markaziy bank va tijorat banklari tizimiga taalluqli murojaatlar soni ham ancha katta bo'lgan.
4 oy davomida tuman sektorlari rahbarlari tomonidan Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda 63 ta sayyor ommaviy qabullar o'tkazildi. Ularda 442 nafar fuqaroning murojaati bo'yicha 473 ta masalalari tinglandi. Shundan 395 ta, ya'ni 83,5 foiz masalalar qanoatlantirildi.
Shu kungacha hal etilmagan aholi murojaatlarini qayta o'rganish ishlariga kirishildi. Shu tariqa, qisqa vaqt ichida 500 dan ziyod murojaat qayta ko'rib chiqilib, ularning 60 foizi ijobiy hal etishga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
B.Aralov