Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » ICHKI ISHLAR VA MILLIY GVARDIYA ORGANLARI XODIMLARINING VAKOLATLARI KENGAYTIRILDI

ICHKI ISHLAR VA MILLIY GVARDIYA ORGANLARI XODIMLARINING VAKOLATLARI KENGAYTIRILDI

14 июль 2023 йил
218
0

Prezident tomonidan 11.07.2023-yildagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-854-son Qonun imzolandi.

 

Qonun bilan MJTKga, “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi va “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi qonunlarga o'zgartirishlar kiritilmoqda. Ular ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlariga va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutadi.

 

Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste'mol qilish kabi jamoat tartibini saqlash sohasiga oid ma'muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.

 

Chunonchi, MJTKning 248-moddasiga kiritilgan qo'shimchalar bilan quyidagilar ichki ishlar organlari nomidan  ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnomani tuzish huquqiga egaligi belgilandi:

  • ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo'linmalarining mansabdor shaxslari;
  • ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari.

 

MJTKning 2481-moddasidagi o'zgartirishlarga muvofiq, Milliy gvardiya organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli:

  • Milliy gvardiyaning Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig'i, uning o'rinbosari va bo'lim boshliqlari;
  • Milliy gvardiyaning Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosari;
  • Milliy gvardiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o'rinbosarlari hamda surishtiruv bo'limlarining boshliqlari;
  • Milliy gvardiyaning Qo'riqlash bosh boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari;
  • Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari ob'ektlarini qo'riqlash bo'yicha boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari;
  • Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo'riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo'riqlash bo'limlari boshliqlari hamda ularning o'rinbosarlari.

 

O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi to'g'risida bayonnoma tuzish uchun endi Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ham huquqbuzarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin (eslatib o'tamiz, huquqbuzar ichki ishlar organlari xodimlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va o'rmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ushlab keltirilishi mumkin). Tegishli o'zgartirishlar MJTKning 284-moddasi uchinchi qismiga kiritildi.

 

“Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonun va “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchalar bilan ichki ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari endi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni o'tkazishlari hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishlari kerak.

 

Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар