Respublika ishchi guruhi zarbdorlik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Tadbirkorlik subyektlarining muammo va masalalarini bevosita o‘rganish hamda hal qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2023-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi АF-42-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi Zarbdor tumanida o'tkazildi.
Uchrashuv davomida Biznes-ombudsman hududiy vakili, viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hodimlari va qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning muammo va takliflari o'rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.