TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA TEKSHIRUV O'TKAZISH TARTIBI O'ZGARMOQDA
Prezident tomonidan 21.07.2023 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi PF-110-son Farmon imzolandi.
Quyidagi Prezident hujjatlariga kiritilayotgan o'zgartirishlarga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda o'tkaziladi:
- 19.11.1998 yildagi “Xo'jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to'g'risida”gi PF-2114-son;
- 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5490-son.
- Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom (13.09.2022 yildagi
PQ-374-son Prezidentning qarori bilan tasdiqlangan).
Ma'lumot uchun: xozirgi paytda:
- tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish «xavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
- nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimida ro'yxatga olinishi shart;
- tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.
- tekshiruvni o'tkazish Biznes-ombudsman bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro'yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi
Yuridik markazi bosh yuriskonsulti
A.Abduvaitov
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
14 июль 2023, Пятница
ICHKI ISHLAR VA MILLIY GVARDIYA ORGANLARI XODIMLARINING VAKOLATLARI KENGAYTIRILDI
Изоҳлар (0)