Zarbdor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlariga Mukofotlash va moddiy yordam tartibi bo‘yichа tushunchalar berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarorga asosan Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori ijrosi yuzasidan Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasini ishchi xodimlarga tushintirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizasiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun — lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belginishi, tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatasiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanishi haqida tushintirishlar berildi.
Bundan tashqari, Mukofotlash va moddiy yordam tartibi bo‘yichа tegishli tushuntirishlar berildi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov