Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » To‘rt nafar qarzdor otalar 15 sutkaga qamaldi.

To‘rt nafar qarzdor otalar 15 sutkaga qamaldi.

09 август 2023 йил
220
0

Yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan. Xususan, yangi taxrirdagi Konstitusiyamizning 77-moddasiga ko‘ra, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.  

Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.

Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Sudining qaroriga asosan farzandlarining ta’minoti uchun aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsada, ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogoxlantirilishiga qaramasdan bo‘yin tovlab kelgan to‘rt nafar alimentdan qarzdor fuqarolarga Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan MJtKning 474-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Natijada jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining 08.08.2023 yildagi qaroriga asosan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetgunga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

 

Zarbdor tuman bo‘lim boshlig‘i A.T.To‘ychiyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар