Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

24 август 2023 йил
382
0

Bu yil O‘zbekistonda eng ulug‘ va eng aziz bayram davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi tantana qilinmoqda. Ushbu bayram “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” deya o‘rtaga tashlangan yorqin g‘oya ostida har bir oila va xonadon, qishloq va mahalla, shahar va tumanlar, butun O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan shodiyona ostida nishonlanmoqda. 

 O‘zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so‘z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Mamlakatimiz va xususan, Zarbdor tumanida oxirgi besh yil davomida asrlarga tatigulik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning ulug‘vorligini his etish uchun uzoqqa bormay, ayni kunlarda tumanning barcha shaharcha va qishloqlaridagi ulkan bunyodkorlik ishlarida ko‘rib, qalban his etish mumkin.

Bu yil Mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yillik bayram tantanalari tuman markaziy o‘yingohida keng nishonlandi.

Tadbirda tuman Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida tayyorlangan bayram tomoshalari boshlandi. Jajji o‘g‘il-qizlarning sho‘x-shodon qo‘shiqlari bayram ishtirokchilari qalbida zavq-shavq uyg‘otdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayram tantanalariga bag‘ishlangan tadbirda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida bolalar badiiy jamoalari, “Enalar” folklor ansambli hamda tuman badiiy havaskorlarining teatrlashtirilgan bayram konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, bayram ishtirokchilari Toshkentdan tashrif buyurgan taniqli estrada xonandasi Zohirshoh Jo‘rayevning har bir chiqishlarini ham olqishlar bilan kutib olishdi. 

Mustaqilligimizning 32 yillik bayram tantanalari tumanning barcha mahallalarida davom etmoqda.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар