Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MUHIM VAZIFA

JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MUHIM VAZIFA

05 сентябрь 2023 йил
103
0

Respublika ishchi guruhining mahalla aholisini jinoyatchilar haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Jizzax viloyatida o‘rganishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ishchi guruh tomonidan Zarbdor tumanida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. 

“Mustaqillik”, mahallasi “qizil” hudud toifasida, “Adirobod” va “Yoshlik” mahallalari sariq hudud sifatida belgilangan. Ishchi guruhning ushbu mahallalar beshligi va mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti hududda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni keng muhokama qilishga asos bo‘ldi. 

Mahalla osoyishtaligini ta’minlash, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash har qanday jinoyatga to‘siq bo‘ladi, deyildi tadbirda. Shuningdek, uchrashuvda odam savdosi, korrupsiya, kiberxavfsizlik, firibgarlik kabi jinoyatlardan ogoh bo‘lish, ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolish xavfi yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan alohida viktimologik chora-tadbirlar o‘tkazilishi lozimligi tushuntirilib, mahalla xavfsizligi borasida har bir fuqaroning faolligi muhim ekanligi ta’kidlandi. 

Tadbir davomida aholi muammolari o‘rganildi va murojaatlar yuzasidan fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар