Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilmoqda

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilmoqda

17 октябрь 2023 йил
138
0

2023-yil 31-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. 

Ulardan biri “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘lib, ushbu hujjat davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi bilan muhim o‘rin tutadi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasi davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirish jarayonlari ochiqlik va oshkoralik, qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshishini ta’minlash, xaridorlarning ommaviy savdolarda ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar yaratish, shu asosda davlat mulkini xususiylashtirish natijalariga investorlar ishonchini mustahkamlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish maqsadlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek ushbu yig‘ilishda 10 ta bob, 46 moddadan iborat bo‘lgan ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, uning qabul qilinishi mamlakatimiz ichki resurslaridan va raqobatbardosh ustunliklaridan to‘liq foydalanish asosida iqtisodiyotning diversifikatsiyasini chuqurlashtirishga, investisiya jozibadorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, uni ma’qulladilar.

“Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar mazkur sudlarda taftish tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sudning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi, alohida hollarda Oliy sudning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilgan ishlar Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida qayta ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, apellyasiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinishi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ushbu o‘zgartishlarning mohiyati hamda ahamiyati atroflicha bayon etilib, qonun kuchga kirsa, iqtisodiy sudlar faoliyatida sifat o‘zgarishlari yuz berishi uchun huquqiy asos yanada mustahkamlanishi, adolat va qonun ustuvorligigiga xizmat qilishi borasida fikrlar bildirildi va qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

 

Sh.X.Mirzaaxmedov

Jinoyat ishlari bo'yicha

Zarbdor tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар