Zarbdor tumanida ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari mehnatini munosib taqdirlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining manfaatdor tashkilotlar bilan hakorlikda amalga oshirayotgan ilg‘or ish tajribalarini viloyat miqyosida tatbiq etish hamda ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 08 noyabrdagi 142F-sonli farmoyishiga asosan tuman miqyosida bir necha nominatsiyalar bo‘yicha “Namunali huquq-tartibot maskanlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bir nechta xodimlar taqdirlanadi va viloyat bosqichiga yzllanmagani qo‘lda kiritdi.
“Eng faol profilaktika inspektori” Oybek mahallasida faoliyat olib borayotgan kapitan Biyturayev Raxmatulla Raxmonqulovich
“Eng faol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi” Ravot mahallasida faoliyat olib borayotgan Risqulov Faxriddin Pardaboyevich
“Eng namunali xotin-qizlar faoli” Nurobod mahallasida faoliyat olib borayotgan Mirzayeva Maqsuda Esanovna
“Eng faol hokim yordamchisi” Sharq yulduzi mahallasida faoliyat olib borayotgan Erkaboyev Ilxom Samandarovich
“Eng faol yoshlar etakchisi” Oybek mahallasida faoliyat olib borayotgan Bosimboyev Abdumutal Ulug‘bek o‘g‘li
“Eng faol voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixolog” leytenant Usmonova Naima Toxir qizi
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati
Тавсия этамиз:



