8 nafar mahkumlar muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi
Zarbdor tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jami 162 nafar mahkumlar jazo o‘tab kelmoqda shulardan 64 nafari JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod etilganlar, 53 nafari axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlar, 21 nafari muayyan huquqdan mahrum qilinganlar, 1 nafar shartli sinov, 23 nafari ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan mahkumlar tashkil etadi.
2023-yil 12-dekabr kuni Zarbdor tumani IIB binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tumani sudi raisi Sh.Mirzaaxmedov tomonidan sayyor sud bo‘lib unda jami 27 nafar mahkum ishtirok etib 8 nafar mahkumlar muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Bundan tashqari mahkumlar tomonidan berilgan savollarga huquqiy jihatdan tavsiyalar berilib ularning muammolari o‘rganildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi raisi
Sh.Mirzaaxmedov
Zarbdor tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori mayor
X.Xadjaqulov