Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyat berish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyat berish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda

19 январь 2024 йил
357
0

Prezident tomonidan 25.12.2023 yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi  O‘RQ-884-son Qonun imzolandi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyat berish muddati ikki baravarga qisqartirildi (20 sutkadan 10 sutkagacha).

Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan 6 oy ichida  Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun shikoyat keltirish mumkin.

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha bo‘lgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.

Shikoyatni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha Oliy sudning sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

  • sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
  • shikoyatni ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida.

Ishni sudda ko‘rib chiqishda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:

  • ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs;
  • jabrlanuvchi;
  • ularning qonuniy vakillari;
  • advokat;
  • ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ.

Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar bo‘yicha Bosh prokuror, uning o‘rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

-  birinchi instansiya, apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;

-  apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish haqida;

-  ish bo‘yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;

-  birinchi instansiya, apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

-  jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;

-  taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.

 

Q.Q.Mamaraximov

Jinoyat ishlari boyicha

Zarbdor tuman sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар