Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi

“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi

23 март 2024 йил
20
0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda o‘sishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tug‘dirmoqda. 

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar va qarorlar qabul qilinib, ta’lim soxasi vakillariga ham yanada qulayliklar yaratmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevral kuni O'RQ–901-sonli qonuni bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi

Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.

Umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  • pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
  • pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.

Q.Q.Mamaraximov

Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар