Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi

23 март 2024 йил
127
0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda o‘sishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tug‘dirmoqda.

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar va qarorlar qabul qilinib, Tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9-yanvarda qabul qilingan PQ-8-sonli Qarori bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlari yanada soddalashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha «Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti» orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
  • 2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun –majburiy;
  • 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy

 

Q.Q.Mamaraximov

Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар