Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

Zarbdor tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

08 май 2024 йил
179
0

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Natijada kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan yanada chuqur joy oldi.

O‘z navbatida ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash va qadrlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Zarbdor tumanida ham Respublikamizning barcha joylarida bo‘lgani kabi 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab, tuman sektor rahbarlari va faollar mehnat faxriylari bilan suhbatlashib, hol-ahvol so‘radilar. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladilar va barcha faxriylarni tabrikladilar. Shundan so‘ng, Xotira maydonida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар