Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanida “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mebel jihozlari berildi

Zarbdor tumanida “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mebel jihozlari berildi

03 февраль 2023 йил
216
0

Har bir inson hurmat-ehtiromga loyiq. Mehr-muruvvatga tashna, moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj, ota-onasidan ayrilgan yetimlarga ikki karra ko‘proq mehr ulashish dinimizning asosiy ko‘rsatmalaridan. 

Shu bois, Zarbdor tumanida “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tuman hokimi, tuman prokurori, mas’ullar hamda bolalarni himoya qilish sho’ba xodimlari tomonidan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mebel jihozlari tarqatildi.

Ko‘ngli o‘ksik insonlarga ko‘rsatilgan mehr va e’tibor, ularning qalbiga shodlik olib kirdi. Buni ularning kulib turgan yuzlari va zavqqa to‘lgan ko‘zlaridan sezib olish qiyin emas edi.

Zero, mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik dinimiz ulug‘lagan, xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilatdir. Xayr-saxovat, saxiylik insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga xizmat qiladi. 

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар