Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan uchrashdi
Joriy yilning 23 may kuni Zarbdor tumanda joylashgan 2-maktab binosida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-889-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-18-sonli Farmoni hamda “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida “Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar O‘zbekiston uchun doimo ustuvor” mavzusida to‘g‘risida davra suxbatlari tashkil etilib, mazkur qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etilganligi haqida ma’ruzalar bilan chiqish qildi.
Xususan, apellyasiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zammasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.