Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi
Joriy yilning 26-yanvar kuni Zarbdor tuman hududida joylashgan Nurobod mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla fuqarolari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-887-sonli Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etilib, mazkur qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etilganligi haqida ma’ruzalar bilan chiqish qildi.
Xususan, apellyasiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zammasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilariga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi sudyasi A.Po‘latov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, endilikda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash buyicha izchil ishlar olib borilganligi, olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqqanligi, haqida ta’kidlab o‘tdi.