Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan media-tur tashkil etildi.
Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalliy jurnalistlar va blogerlar ishtirokida media-tur bo‘lib o‘tdi.
Media-turda Zarbdor tuman SEO va JSB boshlig‘i N.Gʻ.Gʻayirov tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021 yil 15 martdagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha yangicha “Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 27-sonli buyruqning mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan ushbu buyruqdan ko‘zlangan maqsad aholi xonadonlarini sarishta saqlash, sog‘lom ovqatlanish tamoillarini aholiga tushuntirish ekanligi aytib o‘tildi. Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mudiri N.Xakimova tomonidan ishtirokchilariga mahalla joylashgan hududdagi epidemiologik vaziyat ya’ni qayd etilayotgan yuqumli kasalliklar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Mutaxassis tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha milliy emlash kalendariga asosan 14 turdagi kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan 1-14 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami emlanayotganligi, ushbu emlashlarni olgan kontigentlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar bilan kasallanish holatlari deyarli qayd etilmayotganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli Qarori bo‘yicha uy hayvonlarini saqlash, ularni parvarishlash tartiblari to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi, ya’ni it va boshqa hayvonlardan tishlanganda, so‘laklanganda, tirnalganda fuqarolar tomonidan qanday ishlarni bajarish kerakligi, uy xayvonlarini boqishda ularda bo‘ladigan kasalliklarga (quturish, brusellyoz va boshqalar) qarshi veterinariya bo‘limi mutaxassislarini jalb etilgan holda emlatish kerakligi aytib o‘tildi. Bundan tashqari yig‘ilganlarga quturish, brusellyoz, gemorragik isitma, gepatitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Sanitariya-gigiyena bo‘limi vrachi X.Qodirov tomonidan uy sharoitida tayyorlanayotgan konserva mahsulotlarini iste’mol qilinishi oqibatida juda ko‘plab holatlarda “Botulizm” kasalligi qayd etilayotganligi aytib o‘tildi. Jumladan, mutaxassis botulizm kasalligining mikrobi ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turini keltirib chiqarishi, bu mikrob oziq-ovqat mahsulotlarida kislorodsiz muhitda ko‘payishi, botulizm kasalligini chaqiruvchi mikroblar ko‘pincha sut va go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan, lekin uzoq muddat turib qolgan ovqatlarda yoki buzilib qolgan konserva mahsulotlarida ko‘payib, ularni inson iste’mol qilganida kasallanishi mumkinligi, botulizm mikrobi bilan zararlangan mahsulotni odam hatto og‘ziga olib, yutmasa ham kasallik kelib chiqishi mumkinligi, botulizm tayoqchasining ishlab chiqargan zaharlari qonga tez so‘rilishi va juda kuchli ta’sir qilishi, kasallikning yashirin davri 2 soatdan 8-10 kungacha cho‘zilishi, botulizm sporalari qulay sharoitga tushib qolganda, ko‘payib o‘zidan toksin ajratib chiqarishi, sporalarni ko‘payishi va o‘zidan toksin ajratib chiqarishi uchun kislorodsiz muxit qulay hisoblanishi, shu sababli, botulizm qo‘zg‘atuvchilari konservalangan mahsulotlarda, vetchina, kolbasa va baliqlarda yaxshi rivojlanishi, botulizm toksinlari bilan zararlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin, 2-3 soat ichida, ba’zi hollarda esa, bir sutkadan keyin, zaharlangan kishining oshqozoni behuzur bo‘lib, qayd qilishi, boshi qattiq og‘rishi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yo‘llari qurishi, ko‘zi xiralashib, hamma narsa qo‘shaloq ko‘rishi (diplopiya), qovoqlari tushib ketishi (ptoz), bemor yutinishga, chaynashga qiynalishi. bo‘yin va oyoq mushaklarining zaiflashishi, buning natijasida bemor yurishning qiyinlashishi, agar bemor vaqtida shifokorga murojaat qilmasa, uning hayoti xavf ostiga qoladi va vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, kasallik fojeya ya’ni, o‘lim bilan yakun topishi aytib o‘tildi. Mutaxassis tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish uchun iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga alohida e’tibor berib kerakligi aytib o‘tildi.
Media-tur so‘ngida mahalliy jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar