Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

12 июль 2024 йил
165
0

Qarorga ko‘ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. 

Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qo‘shish orqali tugatiladi.

- Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

 Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi.

Bunda:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

- Qarorga ko‘ra, (https://t.me/huquqiyaxborot/16110) 2025 yil 1 yanvardan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta’lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik – malaka oshirish muassasasi – ta’lim tashkiloti) yo‘lga qo‘yiladi;

maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

- 2024 yil 1 iyuldan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarining xorijda malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi yoki stajirovkadan o‘tganligi haqidagi hujjatlari (diplom, sertifikat, guvohnoma va boshqalar) milliy uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

2025 yil 1 yanvargacha Institut va Hududiy markazlarga kamida bir nafardan nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.

- Qarorga ko‘ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi.

- Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

- 2025/2026 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional ta’lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.

- Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot/16112) 2024/2025 o‘quv yilidan:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi;

ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

- 2024 yil 1 dekabrgacha:

- o‘quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

- ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

- 2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.

- 2025 yil yakunigacha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Zarbdor tumani adliya bo‘limi

Yuridik markazi bosh yuriskonsulti

A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар