Zarbdor tumani tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDYO boʻlimi hamkorligida "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" borasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDYO boʻlimi hodimlari, psixologlar va turmush qurish ostonasida turgan yoshlar ishtirok etishdi.
Mashg‘ulotlarda oilada kelib chiqishi mumkin boʻlgan kelishmovchilik, bir-birini tushunmaslik xolatlari, gender tenglik, jamiyatda ibratli oila boʻlib shakllanish va ajrimlarga sabab boʻluvchi xolatlar yuzasidan mutaxassislar huquqiy hamda psixologik tushunchalar berib, misollar keltirishdi.
Yakunida, yoshlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitilib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)