Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

YOSHLAR HAYОTGA TAYYОRLANMOQDA

18 июль 2024 йил
64
0

Zarbdor tumani tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDYO boʻlimi tomonidan  "Yoshlarni hayotga tayyorlash"  o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Karimova, tuman Adliya bo'limi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov, FHDYO boʻlimi xodimi N.Abdullayeva,  tuman tibbiyot birlashmasi shifokori J.Ashurova va psixologlar  taklif etildi. 

Mashg‘ulotlarda oilaviy-huquqiy munosabatlari muhokama qilindi, shuningdek, reproduktiv salomatlik , oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida davra suhbati o'tkazildi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar va yosh oilalar  hayotida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar o‘rtaga tashlandi. 

O’quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 40 nafardan ziyod  yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар