Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

MAYMUN CHECHAGI

07 сентябрь 2024 йил
111
0

Maymun chechagi tibbiy o‘choqli,viruslar qo‘zg‘atadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib,istmasi organizmda umumiy zaxarlanish, limfa bezlari yallig‘lanib kattalashishi va tezda o‘ziga xos toshmalar tashishi bilan kechadi.Ushbu kasallik qadimdan ma’lum bo‘lgan, yukumli kasalliklardan biri xisoblangan “Chin chechak” kasalligi qo‘zg‘atuvchi virusnin tuzilishi,klinikasiga o‘xshashdir.Maymun chechagi dunyoning  12 mamlakatida qayd etilgan .         

Maymun chechagi kasalligining yuqtirish manbaasi maymunlar,kemiruvchilar va kamdan kam xollarda bemor odam hisoblanadi.

Maymun chechagi yangi kasallik emas va birinchi marta 1958 yilda kashf etilgan .Birinchi odamda maymun chechagi kasaklligi 1970 yilda Kongo davlatida qayd etilgan .O‘shandan beri Markaziy va G‘arbiy  Afrikaning boshqa davlatlarida odamlarda Maymun chechagi qayd etilgan.

Bu kasallik istima va sovuqqa o‘xshash alomatlar bilan boshlanadi va vaqt o‘tishi bilan yiringli rangga aylangan qizil teri lezyonlarini keltirib chiqaradi.Bu teri lezyonlarining taxminan 95 foizi yuzda,75 foyizi kaft va oyoq tagida,30 foyizi jinsiy azolarda paydo bo‘ladi.Ushbu asoratlar og‘izning shilliq qavatini xam qamrab olishi mumkin.Shuningdek ushbu virus ko‘zning shox pardasi bilan bog‘liq,muammolarni keltirib chiqarishi va og‘ir xolatlarda ko‘rlikga olib kelishi mumkin.Kasallikning rivojlanishi bilan virus miya va orqa miyaga yetib boradi va bu soxada yallig‘lanishni keltirib chiqaradi,bu esa miya shikastlanishi va o‘limga olib kelishi mumkin.Ushbu kasallikning belgilari 6 dan 13 kungacha paydo bo‘ladi va xatto 5 kundan 21 kungacha davom etishi mumkin.Maymun chechagi oddiy chechakdan farqi shundaki maymun chechakda linfa tugunlarining shishishi kuzatiladi va burun oqishi va yo‘tal alomatlari kuzatilmaydi.

      Maymun chechagi odamlarga kasal odam yoki xayvon bilan yaqin aloqada yoki virus bilan kasallanganlarning buyumlari bilan,ya’ni chiqindilar,tana suyuqliklari,nafas olish tomchilari va ifloslangan buyumlar bilan yaqin aloqada va jinsiy aloqa orqali yuqadi.Ushbu kasallikda imunitet qanday xolatda bo‘ladi.Bu xaqda Respublika Sanitariya Epidemiologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 1980 yildan avval tug‘ilgan katta yoshdagilar chechak (xalq tilida chin chechak)kasalligiga qarshi to‘liq emlangan.Aytilishicha maymun chechak kasalligi Respublikamizga kirib

 kelishi extimoli juda kam.Negaki maymun chechagi kasalligi qayd etilgan yevropa mamlakatlarida  bemorlar va muloqatda bo‘lganlarga nisbatan aloxidalash choralari olib borilmoqda.

  Kasallik tarqalishining oldini olish uchun kuyudagilarga etibor berilishi kerak.

-  Maymun chechagi bo‘yicha epideiologik noxush davlatlarga safarlarni cheklash.

- Ish yuzasidan xizmat safariga borilgan taqdirda yovvoyi xayvonlar va kemiruvchilar (maymunlar,kalamushlar)bilan muloqatda bo‘lmaslik.

- Jamoaat  joylariga chiqishda shaxsiy gigienaga qa’tiy rioya qilish.

-Tana xarorati ko‘tarilgan yoki toshmalar toshgan yo‘lovchilar bilan birga xarakatlanishga to‘g‘ri kelganda, imkon qadar sanitariya muxofaaza masofani saqlash, tibbiy niqobdan foydalanish, qo‘llarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish.

- Jamoaat transportida tibbiy niqoblardan foydalanish va transportdan tushgandan sung qo‘llarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan tozalash tavsiya etiladi.           

Q. Tangirov

Zarbdor tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatltgi bo‘limi mutaxassisi  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар