Sud qarorlari ijrosi ta’minlanmoqda.
Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Zarbdor tuman bo'lim ish yurituvidagi aliment ta’minotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan otaning nomidagi avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga xatlanib jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)