Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 26 nafar fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 26 nafar fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

14 май 2024 йил
104
0

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi. 

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan 1.15 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 11 nafar fuqarolar ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 20 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.

Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment ta’minotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 26 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47 prim 4 moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар