AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Xuddi shu maqsadda bugun erta tongdan Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev, sektor rahbarlari va mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda tumanning eng chekka 3-sektor hududidagi Yangikent MFY Afrosiyob qishlog'i aholisi bilan uchrashdi.
Aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan ichki yo'llar, davolanishda ko‘maklashish, moddiy yordam ajratish, ichimlik suv ta’minoti, elektr energiyasidagi uzilishlar va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi qabul davomida joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.