Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » BOLALARNI MAJBURIY MEHNATGA JALB ETISH – BU JINOYAT

BOLALARNI MAJBURIY MEHNATGA JALB ETISH – BU JINOYAT

10 октябрь 2024 йил
25
0

Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi islohotlar yangi bosqichga chiqdi. Xususan,  majburiy mehnat va bolalar mehnatini tugatish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘ldi va ushbu tashkilotning 14 ta xalqaro-huquqiy hujjati, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Ular orasida “Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiya” ham bor.

O‘zbekiston Respublikasi 2008 yilda Xalqaro mehnat tashkilotining Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan.

Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”, degan qat’iy norma bilan mustahkamlangan.

Majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanganlik uchun javobgarlik masalasiga oid xalqaro va mintaqaviy hujjatlar hamda xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida va Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talabni buzish, ya’ni voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘ligiga, xavfsizligiga yoki axloq odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Darhaqiqat, paxta dalalarida yoki boshqa qishloq xo‘jaligi ishlarida umuman, boshqa sohalarda ham bolalar mehnatidan foydalanish, ayniqsa ularni jalb qilishning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli va qat’iy islohotlar natijasida O‘zbekistonda bolalarning majburiy mehnati to‘liq barham topdi.

Shu bois bu boradagi davlat siyosati konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.

Xususan, amaldagi Mehnat kodeksiga muvofiq, yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarining, kollejlar va texnikumlarning o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga – ular o‘n besh yoshga to‘lishi bilan ota-onadan birining (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Q.Q.Mamaraximov

Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар