Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

Odam savdosiga qarshi kurashish

11 декабрь 2023 йил
156
0

Odam savdosi XX1 asrda terrorizm, narkotrafik kabi global muommaga aylanib, butun dunyo buylab keng tarkalgan jinoyatlardan biriga aylanib bormokda. Shu sababli bu jinoyat milliy konunchilik doirasidan allakachon chetga chikib xalkaro xukukning dolzarb masalalari ichidan o‘rin olmoqda. 

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda butun dunyoda insonlarni kamsitish, ularning huquqlarini tan olmaslik, odam savdosi kabi jinoyatlar ko‘payib borayotganligi barchamizni tashvishga solmoqda.

Bunga birgina misol sifatida, xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda, Dunyo miqyosida har yili 4,5 milliondan ziyod kishi odam savdosi qurboni bo‘ladi. Achinarlisi, ularning 1,2 milliondan ziyodi bolalardir[1].

Inson huquqlarini tahqirlovchi hatti-xarakatlar, shu jumladan fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilish xalqaro hamjamiyat tomonidan qabih ishlar qatorida e’tirof etilib, ularni taqiqlashga oid bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikning ifodasi sifatida bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilindi. Shular orasida quyidagicha eng nufuzli va universal xalqaro hujjatlarni keltirish joiz:

  1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
  2. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt.
  3. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt.
  4. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga fakultativ protokol.

Universal xalqaro hujjatlar qatoriga o‘ttizga yaqin hujjat kirib, yuqorida keltirilgan ro‘yxatdagi hujjatlar ularning eng dolzarblari sanaladi.

Ularni universal deb atalishi sababi, ularda barcha masalalar o‘zining tugal darajadagi javobini hamda yechimini topgan bo‘lib, har bir hujjat uzoq davom etgan xalqaro muhokamadan so‘ng qabul qilingani, har biri o‘zida jahon boy tajribasini aks ettirgani uchun va nihoyat, har biri barqaror hukm surib kelgani uchun nufuzlidir[2].

Odam savdosining rasmiy ta’rifi bu soxaga oid xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan.

1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida, shuningdek, boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda hamda mamlakatimiz milliy qonunchilik normalarida hamma insonlar o‘z qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar, deb mustahkamlangan.

Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurash borasida qabul qilingan quyidagi xalqaro hujjatlarni sanab o‘tish mumkin:

  • BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yil 21 martida qabul qilingan «Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatga 2003 yil 12 dekabrda qo‘shilgan.

2003 yilda O‘zbekiston yuqorida qayd etilgan BMTning 1949 yilgi Konvensiyasiga qo‘shildi, 2008 yilda esa BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to‘ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va buning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Bayonnomani[3] tasdiqlab, aholini ogohlantirish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali odam savdosining oldini olish va barataf qilish majburiyatini oldi);

  • BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000 yil 15 noyabrdagi 55/25-sonli rezolyusiyasi bilan qabul qilingan «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Konvensiyaga qo‘shimcha odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosi haqida ogohlantirish va chek qo‘yish hamda bunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risidagi bayonnoma (2001 yil 28 iyunda O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan).
  • BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2000 yil 20 maydagi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakultativ protokol”(O‘zbekiston Respublikasi 11.12.2008 yil. №O‘RQ-188-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan)
  • XMT tomonidan 1957 yil 25 iyundagi qabul qilgan “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi”105-konvensiyasi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.1997 yil. №498-I-sonli Qarori bilan ratifikatsiya qilgan)
  • XMT tomonidan 1999 yil 17 iyundagi qabul qilgan “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi”182-konvensiyasi. (O‘zbekiston Respublikasi 08.04.2008 yil. №O‘RQ-144-sonli Qonuni bilan ratifikatsiya qilgan)

Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy qonunchiligimizdagi quyidagi huquqiy hujjatlarni ko‘rsatish mumkin :

  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddalari (135-modda «Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash», 137-modda «Odam o‘g‘irlash», 138-modda «Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish»); 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun[4];

Mazkur normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlab qo‘yilganidek, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, jumladan, IIV, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Sog‘liqni saqlash vazirligining shu yo‘nalishdagi faoliyatlari respublika va hududlardagi Idoralararo kommisiyalar tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi «Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-911-sonli Qarori[5]. Mazkur qaror bilan 2008-2010 yillarda odam savdosiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarning Milliy rejasi, Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo Respublika kommisiyasi tarkibi tasdiqlandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 5 noyabrdagi “Odam savdosi jabirdiydalarga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori. Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabirdiydalarga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha
    30 o‘ringa mo‘ljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etildi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (shu jumladan, odam savdosi)ning xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida 29 ta shartnoma va kelishuvlar imzolangan[6].

Odam savdosi yuqorida aytib o‘tilgan xalqaro va milliy huquqiy normalar (insonning erkinligi, tengligi, shaxsiy daxlsizligi)ga zarar yetkazadi.

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish va bunday noxush voqealarni oldini olish global ahamiyat kasb etmoqda. Barcha davlatlarning o‘zaro hamkorligiga ehtiyoj tug‘dirib, bu borada davlatlararo va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish hamda kuchlarni birlashtirish lozimligini taqazo etmoqda. Bu borada odam savdosiga qarshi kurashning xalqaro va milliy qonunchilik normalarida qonuniy tartibga solinishi shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasi hisoblanadi.


Sh.X.Mirzaaxmedov
Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudining raisi


[1] https://tasvir.uz


[2] Fayziyev F., Fayziyev M. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. – Toshkent: “NORI”, 1998. – 9 b.


[3]O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to‘ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va buning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Bayonnomani (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi № 160 sonli Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Axborotnomasi, 2008-yil № 7, B-351.


[4]«O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami», 2008, 16-son, 118-bet.


[5] «O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari to‘plami», 2008, 28-son, 268-bet.


[6]Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha halqaro shartnomalar va O‘zbekiston milliy qonunchiligi Toshkent “O‘zbekiston” 2013 B-16

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар