Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Jizzax viloyat sudi sudyasi M.Fayazov, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov hamda Milliy gvardiya Zarbdor tuman bo‘lim bo‘lim boshlig‘i Sh.Ermatovlar o‘quvchilar bilan uchrashdi

Jizzax viloyat sudi sudyasi M.Fayazov, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov hamda Milliy gvardiya Zarbdor tuman bo‘lim bo‘lim boshlig‘i Sh.Ermatovlar o‘quvchilar bilan uchrashdi

25 октябрь 2024 йил
62
0

Joriy yilning 24 oktabr kuni Zarbdor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida mahalliy aholi hamda ushbu maktabda taxsil olayotgan o‘quvchilar ishtirokida Jizzax viloyat sudi sudyasi M.Fayazov, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov hamda Milliy gvardiya Zarbdor tuman bo‘lim bo‘lim boshlig‘i Sh.Ermatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suxbatlari tashkil etildi. 

Jumladan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilangan. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda

uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkinligi ham belgilangan. Umuman, Konstitutsiyada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilgan. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egaligi aytib o‘tildi. 

Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshdi.

Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘ladi.

Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘lishi shart va zarur. Bunga ko‘ra, inson va davlat o‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklari oldi olinadi.

Konstitutsiyada davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi mustahkamlangan. Qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga o‘z roziligisiz yuklatilishi mumkin emasligi qayd etilgan, ushbu norma odamlar hayotini yanada yengillashtirishda xizmat qilishi aytib o‘tildi. 

Shuningdek, ma’ruzachilar ikkinchi masala yuzasidan to‘xtalar ekan, unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni qabul qilinganligi, unga ko‘ra, bola (bolalar) o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) tushunish kerakligi, bolalar voyaga yetgunga qadar ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylari mas’ul ekanligi belgilanganligi aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda va himoya qilishda ko‘maklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam ko‘rsatilishi ta’kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega ekanligi, bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilishi hamda majburiy mehnat taqiqlanishi yuzasidan tushuntirishlar berdi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tdi.  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар