Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Soliq organi xodimlari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Soliq organi xodimlari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26 сентябрь 2024 йил
53
0

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Zarbdor tuman soliq inspeksiyasi ma’muriy binosida soliq inspeksiyasi xodimlari hamda aholi va hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining mazmun-mohiyati yuzasida davra suhbatlari tashkil etildi. 

Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining maqsad va vazifalari, soliqlar va yig‘imlarni belgilash, joriy etish, bekor qilish, hisoblab chiqarish hamda to‘lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish haqida aytib o‘tdi.

Xususan, Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat ekanligi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

 Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga eganligi to‘g‘risida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jumladan, ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilashi haqida aytib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiy ekanligi, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egaligi, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga ega ekanligi, saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emasligi haqida aytib o‘tdi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin.

Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi haqida so‘z yuritdi. Ushbu davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berildi.  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар