Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholini bandligini ta’minlash, kambag‘alligini qisqartirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar.

Zarbdor tumanda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholini bandligini ta’minlash, kambag‘alligini qisqartirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar.

02 ноябрь 2024 йил
28
0

Zarbdor tumanidagi 24 mahallada 96,1 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Tuman hududidan xalqaro yo‘l o‘tgan, viloyat markazigacha 24 kilometr masofada joylashgan. Bu geografik joylashuv mahsulot yetkazish, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun ham juda qulay. 

Hozir tumanda 273 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritadi. Yil boshida hududlar toifalarga ajratilganda sharoiti nisbatan qoniqarli bo‘lganligi inobatga olinib, Zarbdor viloyatimiz tumanlari orasida uchinchi toifada qayd etildi. Ammo bu barchasi joyida degani emas.

Prezidentimiz raisligida 2023 yilning 10 yanvar kuni sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligini ta’minlashda sanoat rivoji muhim ekanligini qayd etdi.

Iqtisodiy islohotlar natijasida keyingi besh yilda tumanimizdagi sanoat korxonalari barobar ko‘payib, 300 taga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 barobarga oshdi. Bu hududlar rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, tumanimizda ham yangi va yirik loyihalar amalga oshirildi. 

Tumanda sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan yaqin loyihani vaqtida ishga tushirish.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, xizmat ko‘rsatish sohasida tumanda
604 ta korxona tomonidan 2024 yil 9 oyida 273,9 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2023 yilga nisbatan 104,2 foiz bajarilgan.

Lekin bu eng yuqori natija emas, tuman imkoniyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, soha faoliyatini rivojlantirish orqali o‘sishni
114,5 foizgacha oshirish mumkin. Xo‘sh, bunga qanday erishiladi?

- Buning uchun tumanni mahallabay, sektorbay sanoat, xizmat ko‘rsatish va savdo yo‘nalishlariga bo‘lindi.

–Har bir mahallaga hokim yordamchisi va soliq inspektorini biriktirib, yuridik korxonalarning holatini monitoringdan o‘tkazyapmiz. Faoliyatni kengaytirish, rivojlantirish borasida to‘siqlar bo‘lsa, yordam ko‘rsatiladi.

2024 yilda 133 ta maishiy xizmat, mehmonxona, savdo, ta’lim, kafe va restoran, tibbiyot, avtotexxizmat, uy tadbirkorligi va uy tekstili sohalarida yangi loyihalar ishga tushadi.

Ushbu loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi qariyb 387 nafar aholini doimiy ish o‘rni bilan ta’minlaydi.

Bundan tashqari, xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida yengil konstruksiyali shoxobchalar qurish uchun K-savdo elektron auksion tizimi orqali mahalla markazlari, xalqaro yo‘l yoqalari auksion savdolariga qo‘yiladi.

 

Qilichbek Baxtiyorovich Nurmatov

Zarbdor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va

kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha

birinchi o‘rinbosari-tuman Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар