Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Aholiga iqtisodiy bilim va moliyaviy ko‘maklar orqali tadbirkorlikka jalb qilish va daromadini oshirish

Aholiga iqtisodiy bilim va moliyaviy ko‘maklar orqali tadbirkorlikka jalb qilish va daromadini oshirish

04 ноябрь 2024 йил
22
0

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirish va uni rag‘batlantirish davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylantirilib hukumat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qonun, qaror, farmon va boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilganligini OAVda ko‘p eshitganmiz. 

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida, davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishga qaratilgan qarorlar chiqarildi. 

Xususan aholi tomorqasidan qo‘shimcha daromad olishga imkoniyat beriladigan mehnat qilishga moyilligi bo‘lgan 5-7 ta oilalar namuna tarzida tanlab olindi.

Shuningdek, 10 106 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholida mavjud 2354,3 gektar tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanib, ularning daromadini oshirishiga ko‘maklashish maqsadida, 14 ta tomorqasi katta mahallalarning har biriga minitraktor, motokultuvator, urug‘ va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlandi.

Buning natijasida 335,1 ga kartoshka (12,9 ming tonna), 147,5 ga piyoz (11,8 ming tonna), 97,0 ga sabzi (8,3 ming tonna), 57,5 ga karam
(1,6 ming tonna), 8,5 ga gul karam (0,5 ming tonna), 6,4 ga brokolli (161 tonna), 180,5 ga pomidor (7,4 ming tonna), 23,8 ga sarimsoq piyoz (0,4 ming tonna) va boshqa sabzavotlar yetishtirildi.

Tomorqasi mavjud aholining daromad topishga qo‘shimcha imkoniyat beriladigan mehnatga moyil bo‘lgan 5-7 ta oilalar namuna tarzida tanlab olindi hamda mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib asalarichilik, baliqchilik, issiqxona, parrandachilik, bedanachilik va shunga o‘xshash boshqa «daromad keltiruvchi milliy loyihalar paketi»ga asosan 2024 yil 1 oktabr xolatiga tanlab olingan 1750 ta xonadonlarga 294 ta asalari qutilari, 260 ta ixcham issiqxonalar, 376,5 ming bosh tovuqlar, 125,7 ming dona ko‘chatlar, 3,6 ming bosh bedanalar, 2360 bosh chorva va 25 dona motokultivatorlar yetkazib berilib, tijorat banklari tomonidan 44,7 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Natijada, loyihalar paketi yetkazilgan har bir xonadon 50-60 mln so‘mdan daromad olib, aholining 3640 ta ishsiz fuqarolari doimiy  bandligi ta’minlandi.

Bundan  tashqari Uychi tajribasi keng targ‘ib qilish asosida
31,5 mlrd  so‘mlik 2340 ta loyixalar paketi yetkazib berilgan, natijada 1750 ta oilalar barqaror qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Tijorat banklari tomonidan 2024 yil aprel-oktabr oylarida
174 ta uchrashuvlar o‘tkazilishi natijasida 247 ta mijozlar tomonidan 147 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shudan respublika miqyosida 11 ta, viloyat miqyosida 60 ta hamda  tuman miqyosida 76 tani tashkil etib amalda  144 ta masalalari hal etilishi natijasida 3192 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ushbu ish o‘rinlari banklar kesimida ko‘rsak Agrobank tomonidan
765 ta, Mikrokreditbankda 840 ta, Xalq bankida 378 ta hamda qolgan tijorat banklar tomonidan 1209 ta ish o‘rinlari yaratilgan. 

Dastavval tumanda ushbu tajriba asosida xar bir mahallada yil yakuniga qadar 30  tadan mikroloyixalar ishga tushirish rejasi belgilab olingan edi. Bugungi kunga qadar belgilangan rejalarga asosan mahallalarda 705 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, mazkur loyihalar natijadorligi sifatida 1375 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Tijorat banklari tomonidan jami 57,9 mlrd so‘m kredit ajratildi.Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 2130 nafar fuqarolarga 25,1 mlrd.so‘m.

Biznesga birinchi qadam dasturi doirasida 1249 nafar fuqarolarga 12,9 mlrd.so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil
14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-306-sonli qarorga asosan 211 ta tadbirkorlik subektga
19,6 mlrd.so‘m 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7-sentabrdagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risidagi PQ-312-sonli qaroriga asosan 3 ta tadbirkorlik subyektga 250,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan.

  

Mamatmurodov Zafar Haydarbekovich

ATB Agrobank Zarbdor tuman filali boshqaruvchisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар