Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Xotin-qizlarning munosib ish topishiga va o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish” bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

“Xotin-qizlarning munosib ish topishiga va o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish” bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

21 ноябрь 2024 йил
19
0

Zarbdor tuman hokimligida “Xotin-qizlarning munosib ish topishiga va o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish” bo‘yicha amalga oshirilayotganishlar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy jurnalistlar, blogerlar, ota-onalar va faollar ishtirok etdi. 

Zarbdor tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Karimova so‘zga chiqib:  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da 145-sonli qarori qaroriga asosan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomida 6 ta toifa belgilangan bo‘lib, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

1-toifa - Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

2-toifa - Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

3-toifa - Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

4-toifa - Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

5-toifa - Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

6-toifa - Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi. 

Jumaladan 2024-yil o‘tgan davrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2323 nafar xotin-qizlarga:

1-toifa: Ijtimoiy himoyaga muhtoj 157 nafar ishsiz xotin-qizlarning 157 nafari (100%);

2-toifa: Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 65 nafar xotin-qizlarning 65 nafari (100%);

3-toifa: Boquvchisi bo‘lmagan extiyojmand 718 nafar xotin-qizlarning 718 nafari (100%);

4-toifa: Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 1007 nafar xotin-qizlarning 1007 nafari (100%);

5-toifa: Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 74 nafar xotin-qizlarning 74 nafari (100%);

6-toifa: Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor 302 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 302 nafariga, jamiga nisbatan 2323 nafar xotin-qizlarning 2323 nafariga (100%) amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 


Matbuot anjumanidan so‘nggida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар