Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI

21 ноябрь 2023 йил
80
0

Hozirgi kunda odam savdosi davr muammosiga aylanib borayotgani barchamizga ma’lum. Odam savdosi hozirda global xavfsizlik, jamiyatning barqarorligi hamda jahon hamjamiyatiga tahdid solayotgan jinoyat deb baholanmoqda. U o‘zining xavfsizlik darajasi bo‘yicha noqonuniy qurol-yarog‘ sotish hamda narkobiznes kabi transmilliy jinoyatlar bilan bir qatorga qo‘yilmoqda. 

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Tinchlik-osoyishtalik har bir insonga daxldor bo‘lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lmog‘i kerak”.

Davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo‘lib qolmay, balki har bir fuqaroning majburiyati va burchi hamdir. Zotan, milliy xavfsizligimiz - biz yashayotgan mamlakat, jamiyatimiz, oilamiz, ota-onamiz, farzandlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimiz xavfsizligidir.

Odam savdosi o‘zi nima?

Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.
 Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini, to‘qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olishni anglatadi.
 Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha barcha mamlakatlar odam savdosiga qarshi kurashishmoqda, hatto odam savdosini oldini olish maqsadida turli qonunlar ham chiqarilmoqda. Lekin hozirgi kunda ushbu jirkanj jinoyatga qo‘l urayotgan insonlar o‘zimizning davlatimizda ham mavjud. Shu sababli, mamlakatimizda 2020-yil 17-avgustda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-633-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirda qabul qilishi ayni muddao bo‘ldi.  Mazkur qonunning odam savdosiga qarshi kurashish sohasida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish belgilangan. Jumladan:
 1. Odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

2. Odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  1. Odam savdosini o‘z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini ta’minlash;
  2. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;
  3. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda rag‘batlantirish;
    6. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
    Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. Ammo davlatimiz tomonidan ushbu jinoyatchilikka qarshi ko‘plab qonunlar chiqishiga qaramasdan, ayrim insonlar tomonidan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchrab turibdi.
    Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi muqarrar.

 

Sh.X.Mirzaaxmedov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
24 октябрь 2023, Вторник
ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MUHIM VAZIFA
05 сентябрь 2023, Вторник
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MUHIM VAZIFA
Odam savdosi - davr muammosi
29 апрель 2023, Суббота
Odam savdosi - davr muammosi
Inson huquqlari – oliy qadriyat
20 февраль 2023, Понедельник
Inson huquqlari – oliy qadriyat
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар