RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 29 mart kuni “Haqiqat ovozi” youtube ijtimoiy tarmog‘ida ЖИЗЗАХ ДАЛАСИДАГИ КАТТА ТУПОЛОН mazmunidagi video postga RASMIY MUNOSABAT.
Ushbu lavhada Zarbdor tumani Buloqboshi qishlog‘i “Lalmikor” MFYda fuqarolar chorva uchun yaylov talashib, o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.
Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Zarbdor tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotga ko‘ra ushbu yerlar Yuksalish FXHU hududidagi 62-71-konturdagi yerdar bo‘lib, ushbu kontur jami 30.3 gektar yer maydonini egallaydi. Hozirgi kunda ushbu yer maydoning 5 gektari 2019 yilda tuman hokimining qaroriga asosan “Buloq boshi polizi” 10 gektari “Xush dalasi” 7 gektari Lalmikor MFYda yashovchi 12 nafar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tuman hokimning qarori bilan ajratib berilgan.
Bundan tashqari qolgan yer maydonlari “O‘zbekiston Respublikasida pillachilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Pillachilik va qorako‘lchilik boshqarmasiga ajratilgan. Ushbu hududda yashovchi fuqarolarga ushbu yer maydonlaridan yaylov sifatida foydalanishlari uchun Viloyat pillachilik va qorako‘lchilik boshqarmasi tomonidan tushuntirilib, ruxsat berilgan.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati