Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlar va statistik ma’lumotlarni talab qilish bekor qilindi
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari davlat organlariga taqdim etadigan hisobotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
"Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yil 1-yanvargacha «Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti» orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
- 2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun –majburiy;
- 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi