Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?

Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?

08 июнь 2024 йил
117
0

Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir. 

Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.  

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs: BHM ning 50 baravaridan 100  baravarigacha (16,5 mln so‘mdan 33 mln so‘mgacha) miqdorda jarima; 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin. Firibgarlik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa:

 BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (33 mln so‘mdan
 99 mln so‘mgacha) miqdorda jarima; 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:    BHMning  300 baravaridan 400 baravarigacha (99 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) miqdorda jarima; 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa: BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima; 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Еtkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Q.Q.Mamaraximov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар