Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

23 август 2024 йил
83
0

2024-yil 23-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, Zarbdor tumanida yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar, Majburiy ijro byurosi Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan 2024 yilda 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlari, Aholini muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va narx-navo barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 2 avgustdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi  № KQ-791-IV-sonli qarori ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori ijrosi, “Zarbdor tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlari, Mikrokreditbank ATB tuman filiali tomonidan 2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.  




Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар