Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 17-sentyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori ijrosi, Zarbdor tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan kelib tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, Tumandagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratilgan yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rish, Mahallalarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosi, Zarbdor tumani bo‘yicha 2024-yil 1-oktyabrdan 2025-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini, “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.