Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumani Oqar mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Jo‘rayev Maqsudning “Uyma –uy” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar

Zarbdor tumani Oqar mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Jo‘rayev Maqsudning “Uyma –uy” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar

11 ноябрь 2024 йил
67
0

Zarbdor tuman “Oqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Jo‘rayev Maqsudning 2024 yilga mo‘ljallangan “Uyma-uy” loyihasi doirasida mahalladagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar so‘rovnoma asosida xatlovdan o‘tkazish belgilangan bo‘lib, maxallada yashovchi fuqarolar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

Mahallaning umumiy ko‘rsatgichlari (pasporti) bilan tanishish va tahlil qilish belgilangan bo‘lib, xatlov natijasida Oqar MFYda yashovchi extiyojmand fuqarolar aniqlanib, “Ayollar daftari” “Temir daftar” “Yoshlar daftari” orqali tizimi orqali ular muommolarini hal etish choralari belgilandi.

Bugungi kunda Oqar MFYda “Ayollar daftari” “Temir daftar” “Yoshlar daftari”da jami 150 nafar fuqarolar, 15 ta yo‘nalish asosida ro‘yxatga olinib, bugungi kunda ularga bosqichma bosqich yordam ishlari amalga oshirildi.

“Ayollar daftarida” turuvchi 98 nafar xotin-qizlarga hokim yordamchisi elektronplatformasi hisobidan 14 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashanalari  berildi. “Temir daftar”dagi 8 nafar fuqarolarga homiylar hisobidan yordamlar ko‘rsatilmoqda. “Yoshlar daftari”dagi 46 nafar fuqarolarga 0.50 sotix 30 yillik ijara asosida ye-auksion orqali dehqonchilik qilish uchun yerlar olib berildi.

Ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida 01.11.2024 yil holatiga 105 nafar fuqaroga jami 980 mln so‘m miqdorida turli yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi bant qilgan holda tadbirkorlik yo‘nalishida har bir oila dasturi asosida kredit mablag‘lari ajratilb bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari ishsizligi daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar aniqlanib, kam hosilli paxta va g‘alla maydonlari hisobidan auksion orqali ijaraga beriladigan yer maydonlar taqsimotini o‘z hududi bo‘yicha o‘rganish belgilangan bo‘lib, mahallaga yaqin bo‘lgan hududlardan jami 20 gektar yer ajratilgan bo‘lib, hokim yordamchisi tafsiyanomasi asosida olish uchun shundan 20 nafar fuqarolarga 1 gektardan yer ajratib berilgan.

Hokim yordamchisi tomonidan xar oyda bir marta ajratilgan kredit va subsidiyalar maqsadli va maqsadsiz ishlatilishi doimiy manitoring qilib boriladi, yordamchisi tomonidan  xar oyda  Kasb xunarga o‘qitish, yoshlarni va xotin qizlarni bandligi ta’minlash borasida doimiy ravishda yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Ichki Ishlar Vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi uchta Vazirlik tomonidan imzolangan qo‘shma xulasalar ijrosi doimiy taminlanib kelinmoqda, Migratsiyaga ketgan fuqarolar oilasi bilan tizimli ishlash, sog‘lomlashtirish tadbirlari olib borilib, oilalarda sog‘lom muxitni yaratish uchun doimiy ravida xonodonboy o‘rganishlar olib borildi.

Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha “Jinoyatchilikdan xoli xudud” maqomini asrab qolish uchun , doimiy ravishda “Hamjixatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” shiori  proflaktik tadbirlar, suhbatlar amalga oshirildi.

Mahallada aholining tinch va totuv yashashi uchun Mahalla tizimida faoliyat yurituvchi Yettilik hamjixatligi hamda birligi samarasi natijasidir.

 

 M.Jo‘rayev

“Oqar” MFY hokim yordamchisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар