Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Mamlakatimizda bug‘doy yetishtirishda ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

Mamlakatimizda bug‘doy yetishtirishda ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

14 декабрь 2024 йил
27
0

Bugungi kunda mamlakatimizda bug‘doy yetishtirishda ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli elita va birinchi avlodli urug‘lik bilan ta’minlash uchun Rossiya federatsiyasi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Fermerlarimiz bug‘doydan yuqori hosil olish uchun xorij va maxalliy bug‘doy urug‘lari ko‘paytirilmoqda. Bu harakatlar natijasida fermerlarga sifatli bug‘doy urug‘larini ekishga imkon yaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevralda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida urug‘larning genetik (nav) va ekinboplik sifatlari ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikati (kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan) mavjud bo‘lgan taqdirda ekilishi belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda Zarbdor tumanida fermer xo‘jaliklari tomonidan bug‘doydan yuqori hosil olish uchun sifatli elita va birinchi avlodli bug‘doy urug‘larini olib ekmoqda. Biroq ayrim hududlarda fermer xo‘jaliklari mazkur qonun talablariga rioya etmasdan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, kimyoviy yoki biologik ishlov berilmagan o‘tgan yilning hosilidan olingan (o‘z hisobidan) bug‘doy urug‘larini ekmoqda. 

Bunday urug‘larni ekish oqibatida bahor oylarida bug‘doyda qorakuya, fuzarioz, septarioz, un shudring, sariq va qo‘ng‘ir zang kabi kasalliklar keng tarqalishi bilan birgalikda yetishtirilgan bug‘doyning sifat ko‘rsatkichlari o‘ta past bo‘lib, istemolga yaroqsiz bo‘ladi. Natijada kelgusi yil hosili uchun bug‘doy yetkazib berishda muommolar yuzaga kelishi bilan birgalikda davlat va qishloq xo‘jaligi korxonalari manfaatlariga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari fermer xo‘jaligiga kasalliklarga qarshi kurashish uchun texnika va dorilarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshiriladi. 

“O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlariga urug‘larning genetik (nav) va ekinboplik sifatlari ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikati (kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan) mavjud bo‘lgan urug’lar ekilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilishi ustidan o’rganish olib borilganda, ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan muvofiqlik sertifikati (kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan) mavjud bo’lmagan urug’lardan ekib yuborganligi aniqlandi. Mazkur fermer xo‘jaliklari tomonidan muvofiqlik sertifikati (kimyoviy yoki biologik ishlov berilgan) mavjud bo’lmagan urug’lardan ekib yuborganligi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevralda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida belgilangan talablarni bajarmaganligi sababli fermer xo‘jaliklari raxbarlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi. Shuningdek kelgusida muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, kimyoviy yoki biologik ishlov berilmagan o‘tgan yilning hosilidan olingan (o‘z hisobidan) bug‘doy urug‘larini ekishni oldini olish va bug‘doy yetkazib berishda muommolar yuzaga kelishi bilan birgalikda davlat va qishloq xo‘jaligi korxonalari manfaatlariga jiddiy zarar keltirishini oldini olish maqsadida fermer xo’jaligi paxbarlariga yozma ko’rsatmalar va ogohlantirish xatlari berildi.

Hurmatli fermerlar boshoqli don ekinlarini ekishda agrotexnik tadbirlarga rioya etgan holda, ekinboplik sifatlari ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan, kimyoviy va biologik ishlov berilgan urug‘lik bug‘doylarni ekishni tavsiya etamiz.

Tavsiyalarimizga amal qilsangiz kelgusida bug‘doydan yuqori hosil olishga erishasiz.  

 A.Ergashev

“O‘zagroinspeksiya”ning

Zarbdor tuman bo‘limi

bosh mutaxassisi


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар